
Azar: Jiru – dunyodagi eng kuchli hujumchilardan biri
“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar “Kardiff Siti”ga qarshi (4:1) kechgan APL 5-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Belgiyalik futbolchi mazkur o‘yinda xet-trik muallifiga aylandi.
“Milliy terma jamoalar uchun beriladigan tanaffuslardan keyin o‘ynay oson emas, ammo biz 3 ochkoni qo‘lga kiritdik va bu eng muhimi. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi va yaxshiroq harakat qilishimiz ham lozim edi, lekin baribir to‘rtta gol urdik.
Olive Jiru – kuchli hujumchi, dunyodagi eng yaxshilaridan biri, men shunday hisoblayman. U to‘pga egalik qilishi bilan uni ushlab turadi, nimadir o‘ylab topishga harakat qiladi. Alvaro Morata boshqacha o‘ynaydi va ikki nafar har xil futbolchi bo‘lgani bizning yutug‘imiz”, – dedi Azar.
Fikrlar