Azar "Real"ning taklifini "Chelsi"nikidan ustun qo‘ymoqchi

  • 10 oktabr, 2018, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar “aristokratlar” bilan shartnomani uzaytirishni rad etishi mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra agar Madridning “Real” klubi 27 yoshli belgiyalik futbolchiga jiddiy taklif bilan chiqishsa, u londonliklarning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qirollik klubi” Azarni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!