
BOKS: BUNAQA NATIJA HALI BO‘LMAGAN
Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan sport mavsumining eng nufuzli musobaqasi – boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Aslida bu jahon chempionati bokschilarimiz zimmasiga o‘tgan yili Riodagi Olimpiya o‘yinlari va bu yil Toshkentdagi Osiyo chempionatida qo‘lga kiritilgan tarixg‘iy natijalar tasodif emasligini isbotlash vazifasini yuklagan edi. Chunki keyingi paytda o‘zbek boks maktabti tarbiyalanuvchilari qayd etayotgan natijalar hammani lol qoldirayotgani bor gap.
Albatta, mamlakatimiz bokschilar doimo kuchlilar safida qayd etilgan. Biroq, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining hozirgi avlodini tarixdagi eng kuchlisi, deb atashga to‘la asos bor.
Bu fikrimizga yana so‘nggi Olimpiada va Osiyo chempionatini dalil qilishimiz mumkin. Chunki boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasim hech qachon mazkur nufuzli musobaqalarda bu qadar yuksak natijalarni qayd etmagan.
O‘z o‘rnida bokschilarimizning yuqori natijalari yil davomida millionlar o‘yini – futboldagi mag‘lubiyatlardan og‘rigan dillarga malham bo‘lgani ham rost. Ko‘plab futbol muxlislari endi bokschilarni ham qo‘llab-quvvatlay boshlaganini inkor etib bo‘lmaydi. Bugun Hasanboy Bo‘smatov, Shahram G‘iyosov, Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziev, Isroil Madrimov kabi charm qo‘lqop ustalarining mashg‘urligi, obro‘-e’tibori Server Jeparov, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov kabi futbol yulduzlarinikidan kam emas.
Albatta, bu oddiy fikrlar emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bildirayotgan fikr-mulohazalar mahsulidir.
Endi bevosita Germaniyadagi jahon chempionati haqida to‘xtalsak, bokschilarimizning bu avlodi qayd etgan natija ilgari kuzatilmaganiga amin bo‘lamiz. Jami oltita medal jamg‘argan terma jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bungacha bunaqasi bo‘lmagan. O‘zbekiston boks terma jamoasining avvalgi eng yuqori natijasi 2001 va 2009 yillardagi jahon chempionatlarida umumjamoa hisobidagi uchinchi o‘rin bo‘lgan.
Umuman olganda, 1993 yildan buyon boks bo‘yicha jahon chempionatlarida qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari jami ettita oltin, 13 ta kumush va 16 ta bronza medalga sazovor bo‘lgan.
Aslida Germaniyadagi jahon chempionatida bokschilarimizning medallari soni va salmog‘i bundanda yuqori bo‘lishi mumkin edi. Lekin Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi keyingi paytda ko‘p tanqid qilinayotgan hakamlik masalasidagi kamchiliklarga to‘la barham berolmagani sportchilarimizga pand berganini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, Isroil Madrimov amerikalik Troy Isley, Bektemir Meliqo‘ziev irlandiyalik Jo Vard, Hasanboy Do‘smatov kubalik Yoanis Argilago bilan bo‘lgan janglarda ustunlik qilgan bo‘lsa-da, hakamlar g‘alabani raqib tomonga berishdi.
Shunday bo‘lsa-da, o‘zbek bokschilarning aksariyati hali yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zbek boks maktabi uslubi – ajoyib texnika, mustahkam himoya, kuchli, tezkor va aniq zarbalarga asoslangan jang usuli bilan ko‘plab muxlisu mutaxassislar qalbidan joy oldi.
Hatto, 69 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov AIBAning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi bokschi, deb tan olingani ham aslida kim zo‘rligini ko‘rsatib turibdi.
Mazkur so‘rovnomada ishtirok etgan ovoz beruvchilarning 56 foizi Shahramni eng yaxshi, deb qayd etgan. Keyingi o‘rinda qayd etilgan jahon chempionlari – ukrainalik
Oleksandr Xijnyak 17 foiz, kubalik Julio Sezar La Kruz 15, frantsiyalik Sufyan Umixa 12 foiz ovoz oldi, ri ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar