
Balotelli Italiyaga qaytishi mumkin
Italyan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, klub ikki futbolchini ko‘rib chiqmoqda. Bulardan biri "Sampdoriya" hujumchisi Janluka Kapraridir. 25 yoshli forvard joriy yilgi mavsumda A Seriyada 16 bahsda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Sassuolo"ning ikkinchi nomzodi esa "Nitstsa" hujumchisi Mario Balotellidir. 28 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar "Marsel" ekanligi aytilmoqda, biroq tomonlar shartnoma bandlari borasida kelisha olmayaptilar.
Fikrlar