"Barsa"dagilar Raboni sotib olishlariga ishonishmoqda

Ilgariroq, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi borasida parijliklardan rad javobini olgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Shunga qaramasdan klub rahbariyati Raboni qo‘lga kiritishga ahd qilishgan.

Futbolchining o‘zi parijliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va kelgusi yil yozda erkin agentga aylanadi.

"Barselona" rahbariyati esa PSJ futbolchidan mo‘may pul olishi uchun uni sotadi, deb hisoblamoqda. Kataloniyaliklar Raboni 31 avgustga qadar sotib olisholmasa, yanvarda olishga ham qarshi emaslar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!