"Barselona" 4 nafar himoyachini kuzatmoqda

  • 10.10.2018 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi ayni damda 4ta markaziy himoyachini kuzatib bormoqda.

El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha “ko‘k-anor  ranglilar” “Ayaks”dan Matteys de Ligt, “Inter”dan Milan Shkrinyar, “Napoli”dan Kalidu Kulibali hamda “RB Leyptsig”dan Dayo Upamekanolarni ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.

Ta’kidlash kerakki, “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde qishda jamoa tarkibiga aynan markaziy himoyachi olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!