"Barselona" Dembeleni jazoladi

  • 13 dekabr, 2018, 19:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jamoa mashg‘ulotlariga ikki soat kechikib borganligi haqida avvalroq xabar bergandik. U bu vaqt davomida uxlayotgan bo‘lgan.

Tecno

Shundan so‘ng klub rahbariyati 21 yoshli futbolchini 200 ming evroga jarimaga tortishga qaror qildi. "Ko‘k-anor ranglilar" ushbu holat birinchi bor takrorlanmayotganligini inobatga olishgan.

Ilgariroq, klub bosh murabbiyi Ernesto Valverde hamda boshqa futbolchilar Dembelening intizomi borasida unga tanbeh qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!