"Barselona" Ispaniya kubogidan chetlatilmaydigan bo‘ldi

  • 22 yanvar, 2019, 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) “Levante” klubining “Barselona”ni Ispaniya kubogidan chetlatish borasidagi apellyatsiyasini rad etdi.

Tecno

RFEF’ning ma’lum qilishicha qaror o‘z kuchida qoldiriladi va “Barsa” o‘zining kubokdagi ishtirokini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, “Levante”ga qarshi kechgan dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar safida sariq kartochkalari ko‘payib ketgani uchun diskvalifikatsiya qilingan futbolchi - Chumi Brandaris maydonga tushgan edi. Shundan so‘ng “Levante” rahbariyati bu holat yuzasidan Ispaniya futbol federatsiyasiga “Barselona”ni musobaqadan chetlatishni so‘rab murojaat qilgan edi.

Endi “Levante” bu masala yuzasidan Sport arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!