
“Barselona” Villian uchun yangi taklif yubordi
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Chelsi” yarim himoyachisi Villianning transferi borasida yangi taklif yubordi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” 29 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “aristokratlar”ga 60 mln evro taklif qilishgan.
Eslatib o‘tish lozimki, kataloniyaliklar dastavval Villianga 57 mln evro taklif qilishgan, biroq “Chelsi”dan rad javobi olishgan edi.
Fikrlar