
"Barselona" forvardi uchun kurashda "Sevilya" "Marsel"ni ortda qoldirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi Munir El-Xaddadi "Sevilya" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Cope nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli futbolchi "ko‘k-anor ranglilar" taklif qilgan 3 mln evro maoshni rad etdi va ular bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi. Qayd etish lozimki, Munirning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u andalusiyaliklar safiga tekinga borib qo‘shiladi.
Eslatib o‘tish lozimki, "Sevilya" Munir uchun kurashda "Marsel"ni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Munir oriy mavsum "Barselona" safida 7 ta bahsda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar