"Barselona" qishda "Liverpul" himoyachisini sotib olmoqchi
"Liverpul" himoyachisi Alberto Moreno faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar ayni damda chap qanot himoyasida etarli futbolchiga ega emas. Bu pozitsiyada ularda hozircha yagona nomzod – Xordi Alba bo‘lib turibdi. Shu bois “Barselona” rahbariyati aynan 26 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishni ko‘zlashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Morenoning ayni damda “Liverpul” asosiy tarkibiga kira olmayotgani va uning shartnomasi joriy mavsum so‘nggida nihoyasiga etishini inobatga olganda ushbu transferni amalga oshirish “Barsa” uchun nisbatan engil kechishi mumkin. Uning transferi esa taxminan 5 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Moreno “Liverpul” safiga 2014 yil “Sevilya”dan 18 million evroga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar