
“Barselona” rahbariyati Dembeledan xulqini o‘zgartirishni so‘radi
“Barselona” jamoasi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, bosh direktor Xosep Segura va texnik kotib Erik Abidal klub hujumchisi Usmon Dembele agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Marca nashrining xabar berishicha, “ko‘k-anorlilar” rahbariyati agent bilan suhbatda mijoz yanada professional bo‘lishini, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelib, jamoaga o‘zlashishda davom etishi kerak ekanini ma’lum qildi.
Dembele ispan tilini bilmagani uchun jamoadoshlari bilan deyarli muloqot qilmaydi. Faqatgina hamyurtlari Samuel Umtiti va Kleman Langle bilan frantsuz tilida suhbat qiladi.
Avvalroq Dembele “Barselona”ning “Inter”ga qarshi o‘yini oldidan jamoaviy uchrashuviga kech qoldi. “Betis” yuilan bahs oldidan esa gastroenerit tufayli mashg‘ulotlarga kelmadi, ammo bu haqda hech kimga ma’lum qilmagan.
Fikrlar