
"Barselona" va "Bavariya" "Real"da o‘ynagan futbolchini "ovlayapti"
Yozgi transferlar mavsumi yaqinlashgan sari Evropaning grand klublari o‘zlariga kerak futbolchilar bilan kelishib olishga harakat qilmoqda. Ispaniya grandi "Barselona" va Bundesliganing eng qudratli kulbi "Bavariya" ayni paytda "Ayntraxt" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Omar Maskarelni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ilgari "Real"ning o‘rinbosarlari tarkibida to‘p surgan 24 yoshli Omar Maskarel Xabi Alonsoning o‘rnini bosishga qodir ekan.
Joriy mavsumda Maskarel 23 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Uning "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2019 yilgacha davom etadi.
Fikrlar