Ronaldu Shomurodov jamoasidagilar bilan hech qachon futbolka almashtirmaydi!

  • 20 may, 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamida o‘zaro libos almashtirish an’anasi bor. Ayniqsa, o‘z davrining mashhur o‘yinchilarining futbolkalari juda yuqori baholanadi.

Oddiy muxlislar o‘z yo‘liga, lekin aksariyat charm to‘p ustalari ham nomdor hamkasblarining formalarini kollektsiya qilishi odat tusiga kirgan. Uchrashuvlardan keyin futbolchilarning o‘zaro kiyim almashishi ham futboldagi do‘stlik, birdamlik, o‘zaro hurmat namunasi hisoblanadi.

O‘yinchi qanchalar nomdor va taniqli bo‘lsa, uning libosi ham shu qadar qadrlanadi.

Biroq futbolchilar ham oddiy inson. Ular o‘zaro futbolka almashishni istamagan hamkasblari va jamoalar ham bo‘lishi tabiiy hol.

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu o‘zi hech qachon futbolka almashtirmaydigan jamoa borligi va bu qarorining sabablari haqida gapirib berdi.

- Men “Roma” bilan bo‘lgan uchrashuvni hamon eslayman. O‘shanda biz 6:0 hisobida oldinda edik va ular mendan to‘xtashni so‘rashdi. Raqib gol urmasligimni so‘rab yalinardi. “Roma” futbolchilari menga ziyon etkazishlarini aytib, tahdid qilishdi.

Men ushbu klub futbolchilari bilan hech qachon futbolka almashtirmayman, - dedi Krishtianu Ronaldu  Give me Sport nashrigi bergan intervyusida.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi aytib bergan voqea 2007 yili Evropa Chempionlar ligasi chorak final bosqichida yuz bergan.

O‘shanda Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”da o‘ynar edi. Chorak finalning birinchi uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida 2:1 hisobida zafar quchgan. “Old Trafford”dagi javob o‘yinida manchesterliklar raqibni shunchaki yanchib tashlagan.

Ikkinchi uchrashuv “Old Trafford” egalarining 7:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlagan. Portugaliyalik yulduz bellashuvlarning 44 va 49-daqiqalarida rimliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan.

Ronaldu aytgan voqea bellashuvning 60-69 daqiqalari oralig‘ida yuz bergan. Chunki manchesterliklar bir soat ichida “Roma”ga oltita gol urib bo‘lgandi. 69-daqiqada Daniele de Rossi yagona javob golini kiritgan.

Taqdir taqozosi bilan Krishtianu Ronaldu 2018-2021 yillar davomida Italiya grandlaridan  “Yuventus” sharafini himoya qildi va A Seriya hamda Italiya kubogi turnirlari doirasida yana “Roma”ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdi.

Ronaldu bu davrda Rim klubiga qarshi o‘tkazilgan jami ettita o‘yindan oltitasida ishtirok etdi va “bo‘rilar” darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Bugungi kunda “Roma”da o‘ynayotgan Eldor Shomurodov Italiyadagi debyut mavsumida “Jenoa” safida Krishtianu Ronalduga qarshi ikkita uchrashuvda o‘ynagan edi.  

Shomurodov jamoasini mashhur murabbiy boshqarishga rozi bo‘ldi

Shomurodovga ekspertlar nechchi ball qo‘ydi?

Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!