"Barselona" va PSJ 20 yoshli braziliyalik futbolchi uchun o‘zaro kurashadi

  • 20.09.2018 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" va PSJ Braziliyaning "Korintians" klubi vingeri Pedrinoga asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Goal.com internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala jamoa ham 20 yoshli braziliyalik futbolchi uchun aniq taklif bilan murojaat qilishga tayyor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” allaqachon Braziliya klubi bilan ushbu masalada aloqaga ham chiqishga ulgurishgan.

Pedrino joriy mavsum "Korintians" safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!