"Barselona" va "Real" "Chelsi" etakchisi uchun o‘zaro kurash olib boradi
La Liganing ikki grandi - "Real" va "Barselona" yozda "Chelsi" xavbeki N'Golo Kanteni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash olib borishadi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli frantsiyalik futbolchi bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan munosabatlaridagi kelishmovchiliklar sabab “aristokratlar” safidan ketmoqchi. Uning transferi esa 100 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar