"Barselona" yozda chap qanot himoyachisi sotib oladi
Frantsiyaning “Lion” klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” mavsumlar oralig‘ida aynan chap qanot himoyasiga munosib futbolchi sotib olishni rejalashtirishmoqda. Bu borada esa kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal aynan 23 yoshli frantsuz futbolchisining nomzodini yuqori baholamoqda.
Ushbu joyga yana bir nomzod esa yozda “Atletiko” bilan shartnomasi tugab erkin agentga aylanadigan 33 yoshli braziliyalik himoyachi Filipe Luis hisoblanadi. Shuningdek “Betis” futbolchisi Xunior Firpo ham nomzodlar qatorida mavjud. Biroq, uning tovon puli 50 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar