“Barselona”da muhim o‘yin oldidan katta yo‘qotish bor

  • 10 dekabr, 2017, 10:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta “Vilyarreal”ga qarshi kechadigan La Liga 15-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

33 yoshli yarim himoyachi “Selta”ga qarshi (2:2)  La Liga 14-tur o‘yinida jarohat olganligi sababli bo‘lajak o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Bundan tashqari, “Barselona”ga mazkur o‘yinda Usmon Dembele, Xaver Maskerano, Rafinya, Samuel Yumtiti, Arda Turon va Jerar Deulofeu yordam bera olishmaydi. Ularning barchasi jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazishmoqda.

“Vilyarreal” va “Barselona” qarama-qarshilishi bugun, Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!