“Barselona”da to‘p surgan yosh iqtidor “Valensiya”ga kerak bo‘lib qoldi

  • 12 yanvar, 2017, 11:24
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi Germaniyaning “Gamburg” yarim himoyachisi Alen Xalilovichga qiziqish bildirmoqda, deya ma’lum qiladi Bild nashri.

Xabarda ma’lum qilinishicha, “ko‘rshapalaklar” “Barselona”ning sobiq futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Joriy mavsumda Alek Xalilovich “Gamburg” safida 6 uchrashuv o‘tkazib, atigi 1 o‘yinda asosiy tarkibda tushgandi. Xorvatiyalik futbolchining klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!