"Barselona"dagi urugvaylik futbolchilar soni 2 taga etishi mumkin

  • 5 dekabr, 2018, 18:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankurga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli urugvaylik futbolchini qishki transferlar davrida yoki mavsum yakunlangach urunib ko‘rishadi. Ular Bentankurga maydon markazini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida qarashmoqda. Bundan tashqari “Barselona”ning short-listida Frenki de Yong ("Ayaks"), Adrian Rabo (PSJ) va Tangi N'Dombele ("Lion") kabi futbolchilar ham mavjud.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” Bentankurni 2017 yil "Boka Xuniors"dan 10,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum turinliklar safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!