"Barselona"ning nigohi endi "Liverpul"ning boshqa bir yulduziga tushib qoldi

  • 17 sentabr, 2017, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Filippe Koutino transferida omadsizlikka uchragan “Barselona”ning e’tibori endi “Liverpul”ning boshqa bir yulduziga tushdi.

Tecno

Daily Mirror nashrining ma’lum qilishicha mersisaydliklar hujumchisi Sadio Mane “ko‘k-anor ranglilar”ning kelgusi yozgi transferlardagi asosiy nishoni bo‘ladi. “Barselona” senegallik hujumchi uchun xatto Koutino rejasidan ham voz kechishga tayyor.

Ta’kidlash lozimki, Manega “Barselona”dan tashqari shuningdek “Real” hamda “Yuventus” klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sadio Mane “Liverpul”ga 2016 yil “Sautgempton”dan 41 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan vaqt davomida jami 36ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 16ta gol yozdirib qo‘yishga muvoffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!