
"Bavariya" uzoq muddatga safdan chiqqan Noyerning o‘rniga superdarvozabon olib kelmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi uzoq muddatga safdan chiqqan Manuel Noyerning o‘rniga Janluiji Donnarumma (“Milan”) yoki Mark-Andre ter Shtegen (“Barselona”) kabi mahoratli darvozabonlarni olib kelmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Bundan tashqari nemis grandi Bilbaoning “Atletik” klubi posboni Kepa Arrisabalagani ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Qayd etish lozimki, Noyer kelgusi yilning mart oyiga qadar safga qayta olmaydi va shu bois klub rahbariyati qishki transferlar davrida birinchi navbatda jamoaga yaxshi darvozabon sotib olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dastlab Noyerning joriy yil so‘nggiga qadar maydonga qaytishi aytilayotgan edi. Biroq, keyinchalik shifokorlar uning sog‘ayishi biroz uzoqroq davom etishini aytishdi.
Fikrlar