
"Bavariya"ning yozda sotib oladigan 4 nafar futbolchisi aniq
Myunxenning "Bavariya" klubi mavsum yakuniga etgach yozda sotib olishni ko‘zlayotgan futbolchilar ro‘yxatini tuzishni boshlab yubordi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi mavsumlar oralig‘ida "Bayer" xavbeki Kay Xaverttsni, "Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoini va "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni sotib olmoqchi. Ta’kidlash lozimki, Verner faqatgina Levandovski jamoani tark etgan taqdirdagina “Bavariya”ga o‘tishini ma’lum qilgan.
Bundan avvalroq esa “Shtutgart” himoyachisi Benjamen Pavar ham mavsum yakuniga etgach myunxenliklar safiga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar