Bekobodda yangi mavsumga tayyorgarlik qizg‘in
Ayni paytda “Metallurg” stadionida sug‘orish tizimini yangilash ishlari boshlab yuborildi. Endilikda uchrashuv oldidan chigilyozdi mashqlari yakuniga etgach, zamonaviy tizim orqali maydonga suv sepish, o‘yin oldi maydonni ideal holatga olib kelish imkoniyati tug‘ildi. Shuning barobarida, maydonni tekislash, drenaj tizimini takomillashtirish va maydonga qo‘shimcha urug‘ qadash ishlari ham birgalikda olib borilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Klublarni litsenziyalash talablaridan kelib chiqqan holda “Metallurg” futbol klubi qoshidagi futbol maktabini akademiyaga aylantirish jarayoni ham tezkor suratlar bilan olib borilyapti. Bekobod shahar hokimligi qaroriga binoan ajratilgan 5 gektar er uchastkasi futbol maydonlari uchun tekislanayapti. “O‘zmetkombinat”ga qarashli profilaktoriya binolari esa Akademiya yotoqxonasiga moslashtirib, ta’mirdan chiqarilmoqda.

Fikrlar