
Bekxem Angliya klubi aktsioneriga aylanishi mumkin
Afsonaviy futbolchi Devid Bekxem Angliya klubi aktsiyadorlaridan biriga aylanishi mumkin.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra 43 yoshli angliyalik sobiq futbolchi "Solford Siti" klubining 10% aktsiyasini sotib olib, klub xo‘jayinlari qatoriga kirmoqchi.
Qayd etish lozimki, Gari Nevill, Fil Nevill, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Nikki Batt kabi futbol yulduzlari ham "Solford Siti" klubi aktsionerlari hisoblanishadi.
Ma’lumot uchun, "Solford Siti" klubi ayni damda Angliyaning 5-divizionida ishtirok etmoqda.
Fikrlar