Bekxem haydovchilik guvohnomasisiz qolishi mumkin
Daily Mail xabariga ko‘ra, Bekxem shu yil yanvar oyida g‘arbiy Londonda o‘zining Bentley mashinasida 59 mil soat tezlikda harakat qilgan. Vaholanki, bu hududda tezlik cheklovi 40 mil edi. Qoida buzarlik xavfsizlik kameralari orqali qayd etilgan.
Sobiq futbolchi esa o‘zini beayb deyu hisoblamoqda. Bu boradagi sud jarayoni 28 avgust kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Agarda, qoidabuzarlik tasdiqlansa, Bekxemga jarima solinishi yoki haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi mumkin.



Fikrlar