Bekzod Abdurahmonov yarim finalda, Ibragimovning raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bahslari davom etmoqda.

Tecno

Musobaqaning ushbu bosqichida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov kubalik Livn Lopesga qarshi gilamga ko‘tarildi va raqibidan 10:0 hisobida ustun keldi.

Endi hamyurtimiz final oldidan frantsiyalik Zelimxan Xadjiev va AQSh vakili Jordan Burrous juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Shuningdek, -97 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi chorak final bosqichida Magomed Ibragimov armanistonlik Georgi Ketoevga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!