Belgiya terma jamoasi asosiy hujumchisidan ayrildi

  • 15.11.2018 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasining Islandiyaga qarshi bahsi oldidan o‘zining asosiy hujumchisi Romelu Lukakudan ayrildi.

Terma jamoaning rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli futbolchi sonining orqa qismidan jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi esa noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya – Islandiya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsum MYu safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!