
Beshta bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi. To‘liq natijalar (hakamlar qaydnomasi)
Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslariga start berildi. Ushbu bosqichga 20 mamlakatdan tashrif buyurgan bokschilar etib kelgan bo‘lsa, qolgan 8 mamlakat vakillari musobaqani saralash bosqichda yakunladi.
Bugungi kungi dasturlarda faqatgina Boks bo‘yicha O‘zbekiston hamda Qozog‘iston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan qatnashmoqda. Ertalabki hamda kunduzgi janglarda ishtirok etgan vakillarimizdan Murodjon Ahmadaliev, Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldorov hamda Isroil Madrimov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Sanjar Tursunov yarim final ostonasida Olimpiada sovrindori Vasiliy Levitni mag‘lub eta olmadi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
Quyida ertalabki hamda kunduzgi dasturlardan o‘rin olgan janglarning to‘liq natijasi bilan tanishishingiz mumkin.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar