
Bilasizmi? Bonuchchi "Milan"da sardorlik bog‘ichini Montolivoga qaytarib bermoqchi bo‘lgan
Italiyaning “Milan” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi sardorlik bog‘ichini jamoa yarim himoyachisi Rikkardo Montolivoga qaytarib berishga tayyorligini bildirgan.
O‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan “Sampdoriya”ga (2:0) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, kiyinish xonasiga kirib, agar muammo shunda bo‘lsa, hoziroq ushbu bog‘ichni 32 yoshli jamoadoshiga berishga tayyorligini aytgan. Biroq, Montolivo Bonuchchining ushbu taklifini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Leonardo Bonuchchi mavsumlar oralig‘ida Turinning “Yuventus” klubidan “Milan”ga ko‘chib o‘tgan va “rossonerilar” sardoriga aylangan edi.
Fikrlar