
Bilasizmi: Buffon A Seriyada 100 dan ziyod o‘yin o‘tkazganida Mbappe endi tug‘ilgan edi
1998 yilning 20 dekabr sanasida A Seriyada navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. “Empoli”ga qarshi mehmondagi bahs “Parma”ning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etadi. Mehmonlar darvozaboni Janluidji Buffon uchun mazkur o‘yin jamoa safidagi 108 o‘yini edi.
Parijda esa aynan shu kuni “Monako”ning hozirgi yosh yulduzi – Kilian Mbappe tavallud topgan edi.
Endi esa ular EChL yarim finalida o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘lishdi. Dastlabki o‘yin 2 mayda, javob bellashuvi esa 9 may sanasida o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar