
Bilasizmi? "Manchester Siti" yozda "Yuventus"dan Duglas Kostani sotib olmoqchi bo‘lgan
"Manchester Siti" mavsumlar oralig‘ida "Yuventus" vingeri Duglas Kostani sotib olishga urinib ko‘rgan. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Kostaning muxlisi hisoblanadi va shu bois uni yangi jamoasida ham ko‘rishni xohlagan.
Ma’lumot uchun, Gvardiola va Kosta “Bavariya”da birga faoliyat olib borishgan.
Fikrlar