
Bilasizmi? Meksika terma jamoasi posboni hozircha JCh-2018da eng ko‘p seyv amalga oshirdi
Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa ayni damda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan mundialda amalga oshirilgan seyvlar bo‘yicha etakchilik qilmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 32 yoshli posbon hozircha 14 marta seyf ko‘rsatib, jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qolgan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha Ochoadan keyingi pog‘onani Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxel egallab turibdi. Uning hisobida hozircha 10ta seyv mavjud.
Qayd etish lozimki, yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala posbon ham hozircha o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 1tadan to‘p o‘tkazib yuborishgan holos.
Fikrlar