Bilasizmi? "Real" joriy mavsum La Ligada hammadan ko‘p penalti tepmoqda

  • 25 fevral, 2019, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Real” La Liganing 25-turida “Levante” (2:1)mehmoni bo‘ldi va hakam tomonidan belgilangan 2ta penalti evaziga g‘alaba qozondi.

Tecno

Mister Chip nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” joriy mavsum Ispaniya chempionatida penalti ishlash bo‘yicha etakchilik qilishmoqda. Kechagi o‘yindan so‘ng Santyago Solari shogirdlari tomonidan tepilgan penaltilar soni 8 taga etdi. Shu tariqa “qirollik klubi” 7 tadan penaltini amalga oshirgan "Barselona" va "Eybar"ni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda peshqadam “Barselona”dan 9 ochko kam jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!