
Bilasizmi? "Tottenxem" o‘tgan yilning aprelidan buyon APLda ilk bor durang qayd etdi
Xabaringiz bor "Tottenxem" bugun Angliya premer-ligasining 29-turida "Arsenal"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Qizig‘i bu “shporlar”ning joriy mavsumda premer-ligada qayd etgan ilk duranggi bo‘ldi. Maurisio Pochettino jamoasining APLdagi so‘nggi durang natijasi o‘tgan mavsumga to‘g‘ri keladi. “Tottenxem” 2018 yilning aprelida premer-liganing 35-turida “Brayton” bilan (1:1) durang o‘ynagan edi.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” ayni damda premer-ligada 61 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar