
Bir hafta ichida "Liverpul"ning 4 futbolchisi safdan chiqdi
Futbolchi Gvineya terma jamoasi safida Afrik Millatlar ligasida Ruandaga qarshi o‘yinda jarohat oldi va maydonni erta tark etdi.
Yaqin vaqt ichida Keyta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun "Liverpul" ixtiyoriga etib keladi. Bu mavsum 23 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida 10 ta bellashuvda maydonga tushdi.
Ilgariroq terma jamoada orttirib olgan jarohatlari bois Muhammad Saloh (Misr), Sadio Mane (Senegal) va Virjil van Deyklar ham safdan chiqishgan edi.
Fikrlar