Birinchi liga vakili hisoblangan “Tsementchi” futbolchisi Evropaga yo‘l oldi

  • 24.01.2017 19:44
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Tsementchi” yangi mavsumga jiddiy tayorgarlik olib bormoqda. Jamoani mavsum avvalidan tark etgan futbolchilardan Jamshid Qobulov va Boxodir Qodirov “Neftchi”ning yoshlar jamoasiga, A’zim Samijonov “Roshidon”ga, Sardor Suyunov “Istiqlol”ga borib qo‘shilgan bo‘lsalar, jamoaning eng yaxshi yarim ximoyachilaridan biri bo‘lgan Sunnatillo Ermatov oliy liga vakili “Obod” jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoaning yana bir yosh yarim ximoyachisi Abdulla Abdullaev Evropa futbol akademiyalaridan birida o‘zini sinab ko‘rish maqsadida jamoani tark etdi. 

Murabbiylar ketgan futbolchilarni o‘rnini to‘ldirish va barcha chiziqlarini kuchaytirish maqsadida jamoani tajribali va kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Yig‘inning dastlabki kunidayoq jamoaga quvasoylik muxlislar uchun qadrli bo‘lgan “Qizilqum” jamoasidan xujumchi Elyor Akbarov va “Obod” jamoasidan “Tsementchi” uchun begona bo‘lmagan tezkor yarim ximoyachi Umidjon Matmusaev kelib qo‘shilgan bo‘lsa, yig‘in davomida mashg‘ulotlarga “Olmaliq” jamoasidan ximoyachi Amirxon Ibragimov, “Uzdongju”dan tajribali ximoyachi Asror Raxmonov, yarim ximoyachi Fexruz Saloxidinov va xujumchi Islom Karimov kelib qo‘shildilar.

Bugun Farg‘onada o‘tkazilgan “Tsementchi-2”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jamoaga yangi qo‘shilgan ushbu futbolchilarning barchasi maydonga tushirildi va aytish mumkinki juda yaxshi ta’surot qoldirdilar.

Murabbiylar ushbu futbolchilardan tashqari 1998 yilda tug‘ulgan yana bir nechta yoshlarni xam nazoratdan o‘tkazmoqdalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!