Boks. 60 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili tengsiz deb topildi

  • 6 may, 2017, 16:23
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslariga start berildi. Kunduzgi dasturda O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi oltin medal uchun o‘tkazilgan janglarda ishtirok etishdi.

Xususan 60 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Elnur Abduraimov finalda hindistonlik Shiva Tapani mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 60 kg vazn toifasi

Oltin medal sohibi – Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)

Kumush medal sohibi – Shiva Tapa (Hindiston)

Bronza medal sohibi – Otgondalay Dorjniambuu (Mo‘g‘uliston)

Bronza medal sohibi –Jun Shan (Xitoy)

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!