Boks bo‘yicha Osiyo chempionatidan oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

  • 29.04.2017 19:56
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Bugun Toshkentdagi “Interkontinental” mehmonxonasida 30 arpel – 7 may kunlari bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasi oldidan tashkilotchilar, musobaqa rasmiylari va jurnalistlar ishtirokida matubot anjumani tashkil etildi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi AIBA – musobaqalar taqvimiga kiritilgan qit’a miqyosidagi eng nufuzli musobaqada Osiyoning 29 ta davlatidan 200 nafardan ziyod eng kuchli bokschilar g‘oliblik uchun ringga chiqishadi.

Osiyo chempionatida bokschilar sovrinli o‘rinlardan tashqari shu yilning avgust oyida Germaniyada boshlanadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga beriladigan yo‘llanmalar uchun kurashadi.

Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar o‘nta – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kilogramm vazn toifalarida o‘tkaziladi.

Toshkentdagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir qatorda Xitoy, Hindiston, Eron, Iordaniya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘iliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston termalari to‘liq tarkib – o‘ntadan bokschi bilan ishtirok etadi.

Chempionatda 1997-1998 yillarda tug‘ilgan bokschilarning ringga chiqishiga ruxsat berilgan.

– Avvallambor, mazkur musobaqani tashkil etishda katta yordam bergan O‘zbekiston boks federatsiyasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Sir emaski, so‘nggi yillarda Osiyo mintaqasidan chiqqan bokschilar jahon arenalarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bu esa qit’amizda boksga bo‘layotgan e’tiborning yanada yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi. Osiyo jahonda eng ko‘p aholiga bor qit’a hisoblanadi. Shunday ekan bu erda havaskorlar boksini rivojlantirishni davom ettirish zarur.

– Ammo bunday yirik musobaqalarni o‘tkazishning o‘ziga xos nozik tomonlari ham yo‘q emas. Biz o‘tgan yilgi Rio Olimpiadasi vaqtida hakamlarning qo‘pol xatolari va nohaqliklarga duch keldik. O‘shalarni bartaraf qilgan holda bo‘lajak musobaqalarni haqqoniy va adolatli tarzda o‘tkazishimiz zarur. O‘ylaymanki, Toshkentdagi qit’a chemionati yuqori darajada o‘tadi. Shunday musobaqani tashkil qilishda yordam bergan va qo‘llab-quvvatlaganga hamda shaxsan muhtaram O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga minnatdorlik bildiraman, – deydi Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Serik Konakbaev.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatlari 1963 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelinmoqda. Ilk musobaqaga Tailand mezbonlik qilgan. Toshkent shahrida qit’amizning boks bo‘yicha eng nufuzli musobaqasi 1995 va 1999 yillarda katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan.

Osiyo chempionatining rasmiy ochilish marosimi 30 aprel kuni soat 17:00da "O‘zbekiston" sport majmuasida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!