
Boks bo‘yicha jahon chempionati qahramonlari taqdirlandi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida bitta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medal jamg‘arib, ilk marotaba umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Barchamizga ma’lumki, yilning eng nufuzli musobaqasida Shahram G‘iyosov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. 69 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz AIBAning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi bokschi, deb tan olingani ham uning mahoratiga berilgan yuksak bahodir.
Jahon chempionatida Hasanboy Do‘smatov, Jasur Latipov va Iqboljon Xoldorov kumush, Bektemir Meliqo‘ziev va Sanjar Tursunov bronza medalga sazovor bo‘lgan edi.
Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz xizmatlariga yarasha munosib taqdirlandi.
SPORTS.uz
Fikrlar