Bokschilarimiz raqiblarini qanday hisob bilan engdi? Kunduzgi natijalar
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining saralash bosqich janglari bugun o‘z nihoyasiga etadi.
Kunduzgi dastur doirasida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. 81 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziev Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Eronlik Amin Zyadiga qarshi ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz raqibini birinchi randdayoq osonlik bilan mag‘lub etdi.
69 kg vazn toifasida qit’amizdagi tengsiz bokschi hisoblangan Shaxram G‘iyosov iordaniyalik Ziyad Eashashga qarshi jang olib bordi.Hamyurtimizning to‘liq ustunligida o‘tgan bahs Shaxram G‘iyosov ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
Terma jamoamizning yana bir a’zosi 60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov filippinlik Jeyms Palistega hech qanday inkoniyat qoldirmadi va g‘alaba qozondi.
Quyida kunduzgi dasturdan o‘rin olgan 20 ta jangning to‘liq natijalari bilan tanishishingiz mumkin.




Fikrlar