
Bonuchchi 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi va "Yuventus"ga qarshi o‘ynamaydi
Kecha A Seriya 9-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Jenoa”ga (0:0) qarshi bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etgan “Milan” sardori Leonardo Bonuchchi 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.
Bunday qarorga kelinishiga Bonuchchining raqib himoyachisi Aleandro Rozinining yuziga tirsagi bilan zarba bergani sabab bo‘lgan.
Shu tariqa Leonardo chempionatning navbatdagi 2ta turida bo‘lib o‘tadigan "Kevo" (25 oktyabr) va “Yuventus” (28 oktyabr) jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar