
Bonuchchi Ronalduni tabrikladi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronalduni golsiz seriyasi barham topgani bilan tabrikladi.
“Biz navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bu Chempionlar ligasi oldidan biz uchun yaxshigina tayyorgarlik bo‘ldi. Ronalduni “Yuventus”dagi birinchi dubli bilan tabriklayman”, - deb yozadi italiyalik futbolchi o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Ronaldu A Seriyaning dastlabki 3ta turida birorta ham gol ura olmagan edi. Biroq, u kecha “Sassuolo”ga qarshi bahsda dubl qayd etishga erishdi.
Fikrlar