"Borussiya D"da Tuxelning o‘rnini kim egallaydi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning “Nitstsa” klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Gap shundaki, 59 yoshli mutaxassis “Borussiya D”da Tomas Tuxelning o‘rnida ish boshlaydi.  Aytish kerakki, dortmundliklar allaqachon Favr bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Endi faqat “Nitstsa”ni ko‘ndirish qoldi holos. Boisi, Favrning frantsuz klubi bilan 2019 yilga qadar shartnomasi mavjud. Murabbiyning tovon puli esa tahminan 5 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Favr uchun Bundesliga begona emas. Chunki, u faoliyati davomida Berlinning “Gerta” hamda Myunxengladbaxning “Borussiya” klublarida ishlagan.

Rasman! Tomas Tuxel "Borussiya D"dan ketdi>>>

"Milan" Montella bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!