Braziliyalik to‘purar "Real"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Real" klubi Braziliyaning "Fluminense" klubi forvardi Pedro Abreuga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi “qirollik klubi”ga 20-25 million evroga tushishi mumkin.
Qayd etish lozimki, joriy mavsum Braziliya chempionati to‘purarlaridan biri hisoblangan Abreuga shuningdek "Milan", "Roma" va "Sevilya" klublaridan ham qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar