Bu mavsum Xames uchun "Bavariya"dagi so‘nggisi bo‘ladi
So‘nggi ikki mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges o‘zining myunxenliklar safidagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun bu mavsum nemis grandi safidagi so‘nggisi bo‘ladi. Boisi, u yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Transfer huquqi “Real”ga tegishli bo‘lgan Xames yozda “Yuventus”ga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Uning agenti allaqachon bu borada “keksa sinora” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya”da Xames Rodrigesning transferini 42 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud.



Fikrlar