Bu qiziq. Frantsiyadagi so‘nggi 18ta sovrinning 16tasiga PSJ egalik qilgan

  • 1 aprel, 2018, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek kecha Frantsiyada Liga kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda PSJ “Monako”ni 3:0 hisobida taslim etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Gracenote nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar kechagi g‘alabadan so‘ng Frantsiyadagi oxirgi 18ta sovrinning 16tasini qo‘lga kiritgan jamoaga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri shogirdlari ayni damda chempionatda ham yaqqol peshqadamlik qilishmoqda. Ular hisobida o‘tgan 31ta turdan so‘ng 83 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!