
Buffon 2017 yilning eng yaxshi darvozaboni, Sari esa eng yaxshi murabbiy
Italiyada o‘tkazilgan Gran Gala del Calcio marosimida joriy yil uchun shaxsiy mukofotlarni topshirishdi.
“Yuventus” klubi a’zosi Janluiji Buffon 2017 yilning eng yaxshi darvozaboni va futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.
2017 yilning eng zo‘r klubi nominatsiyasi Turinning “Yuventus” klubiga nasib qildi. Ammo yilning eng yaxshi murabbiyi nomini “Napoli”ning ustozi Mauritsio Sarri qo‘lga qiritdi.
Ma’lumot uchun, yilning ramziy jamoasi: Buffon, Dani Alves, Bonuchchi, Kulibali, Aleks Sandro, Nainggolan, Pyanich, Gamshik, Mertens, Iguain, Dibala kabi yulduzlardan tashkil topgan.
Fikrlar