
Buffon: Ronalduning transferidan so‘ng "Yuve"ga qarshi o‘ynashni hech kim xohlamaydi
"Yuventus" klubi sobiq darvozaboni, xozirda PSJda faoliyat olib borayotgan Janluiji Buffon Krishtianu Ronalduning Italiya klubiga ko‘chib o‘tganiga o‘z fikrini bildirdi.
- Vatanparvarlik hissi menda borligidan, "Napoli" yoki "Inter" pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa ham xursand bo‘lardim.
Bugungi kunga kelib, "Yuventus" eng kuchli jamoalardan biridir. Bir necha yillardan buyon "Yuve" birlik, sadoqatlik ramzi sifatida boshqa klublarga na’muna bo‘lishi darkor.
Krishtianu Ronaldu kabi futbolchi "eski senora" safiga o‘tganidan so‘ng, raqiblar bunday jamoaga qarshi maydonga tushishdan cho‘chishlari aniq, - deya Buffonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar