Bugun AGMK - "Istiqlol" bahsidan oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

  • 11 fevral, 2019, 08:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichi AGMK hamda "Istiqlol" jamoalari o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi. Matbuot anjumani Toshkent shahridagi “Lotte” mehmonxonasining “Registon” zalida tashkillashtiriladi. Matbuot anjumaniga 11:30da “Istiqlol” bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov va jamoa sardori Fathullo Fathulloev ishtirok etsa, soat 12:00dan boshlab AGMK ustozi Mirjalol Qosimov va jamoaning etakchi futbolchisi Jasur Hasanov jurnalistlar savollariga javob qaytaradi.

Tecno

Bugungi o‘yinoldi mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi. 11:00da AGMK mashg‘ulotlarini boshlasa, soat 16:00da “Istiqlol” rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazadi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!